Oxirgi yangilanish: 2025-yil, may
vox.uz veb-saytidan foydalanib, siz ushbu foydalanish shartlariga rozi bo'lasiz. Agar rozi bo'lmasangiz, saytdan foydalanmang.
VOX Digital IT xizmatlarni ko'rsatadi: veb-sayt ishlab chiqish, mobil ilova, marketplace, CRM/ERP va boshqa individual yechimlar. Xizmatlar shartnoma asosida ko'rsatiladi.
Standart to'lov tartibi: 50% oldindan, 50% loyiha tugagach. Bosqichma-bosqich to'lov ham alohida kelishish asosida mumkin.
Tayyor loyiha uchun to'liq to'lov amalga oshirilgandan so'ng, barcha huquqlar buyurtmachiga o'tadi. Ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan umumiy kutubxonalar va frameworklar ushbu qoidaga kirmaydi.
VOX Digital saytning vaqtincha ishlamasligi, uchinchi tomon xizmatlari sabab yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas.
Kompaniya ushbu shartlarni istalgan vaqt o'zgartirish huquqini saqlab qoladi. O'zgarishlar saytda e'lon qilinadi.