AI agent Telegram, Instagram va saytdagi savollarga bir soniyada, tabiiy tilda javob beradi — kechasi ham, bayramda ham. Mijoz javobsiz qolmaydi, siz esa har murojaatga darrov ega bo'lasiz.
Agent mijoz bilan suhbatlashib, uning ehtiyoji, byudjeti va 'issiq'ligini aniqlaydi, so'ng lidni to'g'ridan-to'g'ri CRM'ingizga yozadi va sotuvchiga topshiradi. Sotuvchi faqat tayyor, saralangan lid bilan ishlaydi.
Agent sizning mahsulot katalogingiz, narxlaringiz, hujjatlaringiz va ichki qoidalaringiz asosida o'rgatiladi — u umumiy emas, aynan sizning biznesingiz bo'yicha aniq javob beradi.
Agent CRM/ERP tizimingiz, Payme/Click to'lovi, 1C va Google Sheets bilan ulanadi. U shunchaki gaplashmaydi — buyurtma rasmiylashtiradi, holat tekshiradi, hisobot yig'adi.
Xodimlaringiz uchun ichki AI agent: hisobot yig'adi, ma'lumot topadi, eslatma yuboradi va kunlik vazifalarni avtomatlashtiradi — xuddi kompaniyangizga moslangan shaxsiy Jarvis.
Jarvis — bizning o'zimiz har kuni ishlatadigan AI agent: monitoring, hisobot va eslatmalarni 24/7 bajaradi. Sizning biznesingiz uchun ham xuddi shunday yordamchi quramiz.
Bepul konsultatsiya olish
Bepul konsultatsiya olish